Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.01.2018 17:20 Chop etish versiyasi

Onlayn xizmatdan notarius xabardormi?

Notarial idora binosida — kim oldinroq kelganiga qarab jonli, kecha yoki oldinroq tegishli hujjatlari ko‘rsatilib, tekshirilib, so‘ng navbatga qayd etilgan “navbatsiz” navbatlar ham mavjud... endi bunday turnaqatorlar safiga onlayn navbat ham qo‘shildi.

Yaqinda bir tanishim aytib qoldi. «Bo‘sh vaqtimni mo‘ljallab, bir hafta oldin internet orqali soat 16.00 tumanimizdagi notarial idoraga onlayn navbatga yozilib qo‘ygandim. Borsam, ular xabari yo‘qligini aytdi. Keyin ...»

Sizningcha, voqealar rivoji qanday bo‘lgan? Notariuslar onlayn xizmatdan nechog‘lik xabardor? Bunga guvoh bo‘ldingizmi?

So‘rov o‘tkazilganda juda ko‘pchilik bir necha soat yoki kunlab kutish muammosi mavjudligini bildirsa, yana boshqalari bu idoralar xizmatidan foydalanganda noqonuniy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lgani, xodimlari preyskurantda belgilanganidan ko‘proq haq talab qilganliklarini tasdiqlaydi.

Bu va boshqa notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonida yuz berayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni uzauz@yandex.ru elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin.

O‘zA
6 156