O‘zA O`zbek

01.08.2018 13:08 Chop etish versiyasi

ONLAYN: test sinovlari belgilangan tartibda topshirilmoqda

ONLAYN: test sinovlari belgilangan tartibda topshirilmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasida Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi hamda Nukus olimpiya zaxiralari kollejida abituriyentlar belgilangan guruhlar bo‘yicha test sinovlarini topshirmoqda.

Test sinovlari jarayonini Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali boshlab berdi.

– Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialiga 2018/2019 o‘quv yili uchun qabul kvotasi 19 bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tasdiqlangan, – deydi mazkur universitetning mas’ul kotibi Bekbay Qalimbetov. – Joriy yil qabul yakuniga ko‘ra 3 ming 913 nafar abituriyentlardan hujjatlar qabul qilingan. Bu hududdagi eng yuqori tanlov ko‘rsatkichdir, ya’ni bitta o‘ringa 13,04 kishidan to‘g‘ri kelmoqda.

Test sinovlari o‘tkaziladigan joylarda ota-onalar uchun maxsus joy ajratilib, ushbu joyda o‘rnatilgan monitoringda test jarayonini onlayn kuzatish mumkin.

Yesimxon Qanoatov, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
5 055