O‘zA O`zbek

01.08.2018 11:41 Chop etish versiyasi

ONLAYN: test jarayonnini jamoatchilik va ota-onalar kuzatib borishmoqda

ONLAYN: test jarayonnini jamoatchilik va ota-onalar kuzatib borishmoqda

Farg‘ona viloyatida test sinovlari 5 hududdagi 9 binoda bo‘lib o‘tmoqda.

photo5407071437631629569.jpg

Mamlakatimizda abituriyentlarni 2018-2019 o‘quv yilida oliy ta’lim bosqichiga qabul qilish uchun test sinovlari takomillashtirilgan holda, adolatli va shaffof o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Bu yilgi eng katta yangiliklardan biri, test sinovlari 1-15 avgust kunlari katta sig‘imli pavilonlarda 2 smenada, ta’lim yo‘nalishlari kesimida o‘tkazilmoqda.

photo5407071437631629570.jpg

– Viloyatda 6 oliy ta’lim muassasalariga joriy yilda 67 ming 41 nafar abituriyent hujjat topshirdi, – deydi Davlat test markazining Farg‘ona viloyati bo‘limi boshlig‘i I. Shokirov. – Bu ta’lim maskanlarining bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari Farg‘ona Olimpiya zaxiralari kolleji, “Neftchi” futbol klubi tasarrufidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi, Farg‘ona davlat universiteti va Farg‘ona politexnika institutining sport zali, “Neftchi” sport majmuasida o‘tkazilmoqda.

photo5407071437631629572.jpg

Oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan abituriyentlarga DTM ruxsatnomalari, test topshiradigan binoning reja-chizmasi va eslatma tarqatildi. Unda test sinovlarini topshirish uchun qaysi binoga, nechanchi smenada va qaysi vaqtda kelishi yozib qo‘yilgan.

Test sinovlari o‘tkaziladigan zallarga videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, jarayonni jamoatchilik va ota-onalar ko‘rib, kuzatib borishmoqda.

M. Sulaymonov, M. Qodirov (surat), O‘zA
5 485