O‘zA O`zbek

15.08.2018 15:12 Chop etish versiyasi

ONLAYN. Shoxira Hamro: “Tadbirkorlar tarixiy kinolarga ham pul tiking”

ONLAYN. Shoxira Hamro: “Tadbirkorlar tarixiy kinolarga ham pul tiking”
Xalqaro press-klubda “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish: tarixiy an’analar, muammolar, yangicha badiiy sifatida va maqsadli sarmoyalar” mavzusidagi anjuman davom etmoqda.

Anjumanga so‘zga chiqqan jurnalist Shoxira Hamroning fikr-mulohazalari ko‘pchilikka katta qiziqish uyg‘otdi.

“Dunyo bizni nafaqat Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi buyuk shaxslarimiz orqali hurmat qilishadi, balki Xo‘ja Nasriddin kabi qahramonlarimizga ham qiziqishlari katta. Bunga Kan festivaliga borganimizda guvohi bo‘lganmiz. Kino orqali dunyoga o‘zligimizni yanada kengroq namoyon qilish, boy tariximizni targ‘ib qilish imkoniyatlarimiz katta. Ammo bu birgina rejissyorning zimmasidagi yumush emas. Hurmatli tadbirkorlarimizni ana shunday kinolarning suratga olinishida homiylik qilishlarini iltimos qilardim. Tadbirkorlar restoran va to‘yxona quravermang, ma’naviyatimiz uchun ham pul tiking!”, dedi jurnalist Shoxira Hamro.

O‘zA
2 169