Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.05.2018 20:51 Chop etish versiyasi

ONLAYN: Shayxontohur tumani hokimi mardikorlarni haydashga qarshi ekanini aytdi

ONLAYN: Shayxontohur tumani hokimi mardikorlarni haydashga qarshi ekanini aytdi Shayxontohur tumani “Beltepa” mahalla fuqarolar yig‘inidagi katta avtomobil halqa yo‘li chetida sahardan to shomgacha kunlik ish poylab turadigan mardikorlar joyi bor. Ular bilan shaharda tartibni saqlovchi tizimlar orasida munozarali holatlar bo‘lib turadi, bunga ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz.

Bu holat shu atrofdagi ko‘p qavatli uy aholisiga ham noqulaylik tug‘dirmoqda. “Hokimning bir ish kuni” loyihasi doirasida mazkur masala yuzasidan munosabat bildirishlarini so‘radik.

“Mardikorlarning haydab solinishiga men qarshiman. Aksincha ularga sharoit yaratib berishimiz kerak. Boshqa biror hudud tanlab, emin-erkin ishlashi uchun sharoit yaratishimiz kerak. Men bu masala bilan alohida shug‘ullanaman”, deydi Shayxontohur tuman hokimi Bahodir G‘oyibnazarov.

Anora Sodiqova, O‘zA
4 209