O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

05.09.2018 10:19 Chop etish versiyasi

ONLAYN. rasmiy tashrif tafsilotlari jurnalistlar nigohida

ONLAYN. rasmiy tashrif tafsilotlari jurnalistlar nigohida
Avval xabar qilganimizdek, Milliy matbuot markazida jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn Xalil as-Sisining yurtimizga tashrifiga doir tadbirlarni OAV xodimlari onlayn kuzatib bormoqda.

Brifingda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi tadqiqotchisi Aziz Karimov mazkur uchrashuvlarda ikki davlatoʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari xususida atroflicha maʼlumot berdi.

Taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbarining xalqaro siyosatdagi koʻplab tashabbuslari Misr davlati tomonidan hamisha qoʻllab-quvvatlangan. Soʻnggi yillarda Afrika qitʼasi mamlakatlari birgalikda oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib keng koʻlamda rivojlanishga harakat qilmoqda. Bu jarayonda asosiy tashabbuskor davlat aynan Misr hisoblanadi. Mamlakatimizning ushbu davlat bilan hamkorlikni mustahkamlashi esa mintaqada yangi iqtisodiy imkoniyatlarni ochilishiga olib keladi.

Jurnalistlar tomonidan Oʻzbekiston bilan Misr oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, taʼlim va boshqa koʻplab sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlashning kelgusidagi istiqbollari xususida bergan sovollariga javob oldi.

Eslatib oʻtamiz, jurnalistlar rasmiy tashrif tafsilotlarini kuzatishda davom etmoqda.

OʻzA