O‘zA O`zbek

02.07.2020 Chop etish versiyasi

Onlayn oromgoh: quvnoq, zehnli va umidli bolalar maydoni

Onlayn oromgoh: quvnoq, zehnli va umidli bolalar maydoni

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi “Onlayn oromgoh” loyihasini ishga tushirdi.

Loyiha doirasida agentlik tarkibiga kiruvchi maktab oʻquvchilari musiqa, xorijiy tillar, rasm, dasturlash, dizayn, jismoniy tarbiya kabi yoʻnalishlar boʻyicha onlayn darslar yordamida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi mumkin. Oʻquvchilar ishtirokida turli tanlovlar ham oʻtkazish rejalashtirilgan.

Loyihaga Agentlik tomonidan taqdim etilgan login va kalit soʻz yordamida kiriladi.

Agentlik direktori Sarvar Boboxoʻjayevning taʼkidlashicha, loyiha oʻquvchilarga qiziqarli boʻlishi uchun takomillashtirib boriladi.

1 319
OʻzA