O‘zA O`zbek

21.09.2018 Chop etish versiyasi

ONLAYN. ONLAYN. Axborot maydonida kim yetakchi boʻla oladi? yetakchi boʻla oladi?

ONLAYN. ONLAYN. Axborot maydonida kim yetakchi boʻla oladi? yetakchi boʻla oladi?

Fargʻona shahridagi Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot -kutubxona markazida “Axborot maydonida bosma nashrlar, elektron OAV va ijtimoiy tarmoqlar mutanosibligi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi.

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi tomonidan tashkil etilgan tadbirda yurtimizdagi yetakchi ommaviy axborot vositalarining rahbarlari hamda Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida faoliyat olib borayotgan bosma va elektron OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Bugungi yangi davr, yangicha ijtimoiy munosabatlar ommaviy axborot vositalarining oldiga tez surʼatlar bilan oʻzgarib, rivojlanib borayotgan jamiyatimizning talablariga har tomonlama munosib boʻlish, odamlarni oʻylantirayotgan, bezovta qilayotgan muammolarga javob izlash, ularni kun tartibiga qoʻyib, jamoatchilik fikrini shakllantirish boʻyicha oʻta muhim va dolzarb vazifalarni qoʻymoqda. Eʼtiborli jihati, yurtimizdagi ommaviy axborot vositalari aholining siyosiy va ijtimoiy faolligini yanada oshirish, mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda faol qatnashayotir.

Mamlakatimizda internet jurnalistikasi jadal rivojlanib bormoqda, ijtimoiy tarmoqlar va elektron OAVlarning axborot makonidagi oʻrni va roli kengayib bormoqda. Albatta bosma nashrlarda ham oshkoralik, tahlil va xolis tanqid ruhi kuchaygani “toʻrtinchi hokimiyat”ning oʻrni mustahkamlanib borayotganidan dalolat.

3f9c645f-2fd1-4993-b39b-f2755cb4f5df.jpg

Konferensiyaga Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi raisi Muhammadjon Obidov moderatorlik qilmoqda.

– Darhaqiqat, Oʻzbekiston jamiyati kun sayin nafaqat iqtisodiy erkinliklar, balki ochiqlik, oshkoralik, soʻz erkinligi, fikr xilmaxilligi, plyuralizm tomon dadil qadam bosib bormoqda, – deydi M. Obidov. – Yurtimiz matbuotida ham jamiyatga hamohanglikni kuzatyapmiz. Tahlil, tanqid, taklif bosh yoʻnalishi boʻlgan maqolalar, koʻrsatuvlar bosma va elektron OAVlarini qamrab oldi. Lekin, internetning shiddatli rivoji, ijtimoiy tarmoqlarning mavqei, bosma nashrlar ichki siyosatidagi oʻzgarishlar biz jurnalistlarning hali bir-birimizdan oʻrganadigan, maslahatlashadigan masalalar oz emasligini koʻrsatmoqda.

1 798
M. Sulaymonov, OʻzA