O‘zA O`zbek

24.08.2018 13:09 Chop etish versiyasi

ONLAYN. Oʻzbekiston maktablarida maxsus avtobuslar tashkil qilinadimi?

ONLAYN. Oʻzbekiston maktablarida maxsus avtobuslar tashkil qilinadimi?
“Maktab taʻlimi: islohotlarning yangi bosqichdagi muhim oʻzgarishlar va muammolar tahlili” mavzusidagi sessiya davom etmoqda.

Sessiyada ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʻlimi vaziri Sherzod Shermatovga jurnalistlar maktablarda maxsus avtobuslar tashkil qilinishi bilan bogʻliq savol bilan murojaat etishdi. Vazir ushbu savolga quyidagicha javob berdi:

“Maktablarda avtobuslar qatnovi boʻyicha «Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi bilan hamkorlik qilyapmiz. Biz ularga shahardagi barcha maktablar dislokatsiyasini taqdim etmoqdamiz. Shahar avtobus yoʻnalishlari barcha maktablarni qamrab oladi. Maktab uchun alohida maxsus avtobuslar tashkil etish esa rejada yoʻq», deb javob berdi Sherzod Shermatov.

Taajjublanarlisi, vazir javobida faqat poytaxt maktablari nazarda tutilib, viloyat maktablari eʻtibordan chetda qoldi nazarimizda.

OʻzA
2 746