O‘zA O`zbek

15.08.2018 13:27 Chop etish versiyasi

ONLAYN. “Islomxo‘ja” tarixiy filmi uchun Kremldan xon taxti keltirilganmidi?

ONLAYN. “Islomxo‘ja” tarixiy filmi uchun Kremldan xon taxti keltirilganmidi?

Avval xabar berganimizdek, bugun Xalqaro press-klubda “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish: tarixiy an’analar, muammolar, yangicha badiiy sifatida va maqsadli sarmoyalar” mavzusida anjuman o‘tkazilmoqda.

Anjumanda “Islomxo‘ja” tarixiy filmi rejissyori Jahongir Ahmedov ishtirok etdi. Rejissyorning aytishicha, filmni suratga olishda Xiva xonligi taxtining asl nusxasini topish uchun Rossiya Madaniyat vazirligiga murojaat etilgan. Taxtning asl nusxasi Kremlda saqlanayotgan ekan. Film uchun taxtning aslidan nusxa ko‘chirib ishlangan. J.Ahmedov kelajakda ushbu taxtning asli yurtimizga qaytarilsa yaxshi bo‘lishini ta’kidladi.

Ushbu film bugun mutaxassislar uchun yopiq namoyish etiladi.

O‘zA
5 086