O‘zA O`zbek

07.08.2018 17:47 Chop etish versiyasi

ONLAYN. Igor Shpak: “O‘zbek adabiyotining xorijiy tashviqotchilarini rag‘batlantirish kerak”

ONLAYN. Igor Shpak: “O‘zbek adabiyotining xorijiy tashviqotchilarini rag‘batlantirish kerak”
“Alisher Navoiy buyuk shoir, uning asarlarini butun dunyo o‘qishini istardim”, dedi ukrainalik tarjimon, “Adef-Ukraina” nashriyot uyi direktori Igor Shpak.

01.JPGUshbu nashriyot 2017-yilda Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini xoxol tiliga tarjima qilib, chop etgan. Xalqaro konferensiyaga Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan taklif etilgan Igor’ Shpak tadbir haqidagi mulohazalari bilan bo‘lishdi. “Men o‘zbek adabiyotida A.Navoiyni alohida yaxshi ko‘raman. O‘zbek adabiyotini jahonga beradigan ma’naviy ozig‘i cheksiz. Uni targ‘ibotini kuchaytirish kerak. Sizning adabiyotingizga qiziquvchi adabiyotshunoslar ko‘pgina davlatlarda topiladi. Nazarimda ularni mana shunday konferensiyalarga ko‘proq jalb qilish kerak. Iloji bo‘lsa ularni «doktorlik”, “ o‘zbek akadimiklarining faxriy a’zosi” kabi unvonlar bilan taqdirlash, qiziqtirish lozim. Bu kabi xalqaro konferensiyalar davomli bo‘lishi kerak. Eng asosiysi, koferensiya yakunida “Tadbir davomida nimaga erishdik?”, degan savolni o‘rtaga tashlab, xulosalar, natijalar berilishi kerak. Shundagina uni mavqei ham, konferensiyaga qiztquvchilar va ishtirokchilar ham ortib boradi», deya o‘z takliflarini berdi Igor Shpak.



O‘zA
2 071