Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.05.2018 13:37 Chop etish versiyasi

Onlayn: Hokim nimadan norozi?

Onlayn: Hokim nimadan norozi?
Hokimning bir ish kuni

Eslatib o‘tamiz: www.uza.uz saytining “Hokimning bir ish kuni” loyihasi doirasida muxbirimiz Anora Sodiqova Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimining ish faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

Tuman hokimi Bahodir G‘oyibnazarov bilan “Samarqand darvoza” mahallasidamiz. Hududdaqurilish ishlari avjiga chiqqan, hokim bilan goho chang ko‘chalar, goh chakalakzorlar oralab yurish imkonsiz bo‘lsa-da, kasb taqazosi bilan manzil sari odimlayman.

485ca25e-5a3d-4104-9c70-047a508d28af.jpg

“Samarqand darvoza”da aksariyat xonadon egalari ko‘chib, yangi uylarda yashay boshlaganiga ham ancha vaqt bo‘lgan. Ammo ana shu chang to‘zonlar, qurilish maydonlari orasida hamon umrguzaronlik qilayotgan hamshaharlarimiz ham borligiga lol qoldim.

Bizga ma’lumot berilishicha, mahallada ayni paytgacha 4 ta uy, 13 oila qolgan. Shu mahallaga yondash bo‘lgan “Suzuk ota” mahallasida esa 14 ta uy buzilish arafasida.

f02a3aa9-1ef7-4190-990b-7d35d23d5e2e.jpg

“Samarqand darvoza”sida faqatgina tarixiy obida sifatida “Suzuk ota” masjidi va “Qodiriy bog‘i” qoladi. Hududda asosan ko‘p qavatli uylar quriladi. Qurilishning 1 chi bosqichida qurilgan uylar joriy yilning sentyabr oyida topshirilishi mo‘ljallangan.

“Odamlarning arzlarini eshitamiz, imkon axtarib muammolariga zudlik bilan yechim topishga harakat qilamiz. Lekin shunga qaramasdan ular orasida norozi bo‘layotganlari ham yo‘q emas. Kimgadir biz taklif qilgan uy yoqmaydi, yana kimlardir belgilangan qoidalardan ziyodroq xonadonlar olishni istaydi, boshqa biri yangi takliflar bilan chiqadi”, deydi Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G‘oyibnazarov.

4249e61e-ce4a-44a3-9800-d977c864a06f.jpg

Bizni o‘ylantirgan masala ham shu. Nima uchun hali hamon bu yerlardan aholining ko‘chib ketmayotgani yoki ularda qandaydir muammolar bormi? Bu boradagi xabarlar tafsiloti batafsil tayyorlanadigan maqolamizda aks etadi. Safarimiz davom etadi, keyingi manzil menga noma’lum.

a7e422a5-5fe5-47a3-b338-115171e25de3.jpg

Anora Sodiqova, O‘zA
2 921