Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2018 13:06 Chop etish versiyasi

ONLAYN. Ham tez, ham qulay

ONLAYN. Ham tez, ham qulay
Avval xabar berganimizdek, Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yoʻnalishida Qashqadaryo viloyatiga qatnovchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Qarshi shahri orqali Shahrisabz yoʻlida davom etmoqda.

Manzilga oshiqayotgan xorijlik sayyohlar va mahalliy yoʻlovchilarning kayfiyati aʼlo darajada. Barcha vagon kuzatuvchilari yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatmoqda.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan zamonaviy poyezdda tashkil etilgan mediatur davomida jurnalistlar yoʻlovchilarning taassurotlari bilan qiziqmoqda.

1ee05d89-22ca-4f1c-b907-f4fd37140a81.jpg

– Oʻzbekiston haqida juda koʻp iliq fikrlar eshitganman.Shundanmi, bu yurtga bir bora boʻlsa-da, kelish istagida yurardim, – deydi mangoliyalik sanʼatkor Erdenebold Dashtseren. – Odamlarning xushmuomalaligidan, milliy taomlar va betakror tabiat goʻzalliklaridan bahramand boʻlib, shu zamin ahliga havasim ortdi. Mamlakatda fuqarolarning toʻkis, osuda va farovon yashashi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligiga guvoh boʻldim. Uzoq masofaga boruvchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdiga ham birinchi bor chiqdim. Ayniqsa, meni eʼtiborimni tortgan jihati vagonlarda yoʻlovchilarga koʻrsatayotgan xizmati yuqori darajada ekan.

9f85ce0a-c92d-4d36-9514-967ee93f3da2.jpg

A.Musayev, F.Abdurasulov (surat), OʻzA
1 445