Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.06.2018 15:09 Chop etish versiyasi

ONLAYN: Dunyoda bu fojiadan bexabar inson yo‘q. Xalqaro konferensiya qatnashchilari Mo‘ynoqda

ONLAYN: Dunyoda bu fojiadan bexabar inson yo‘q. Xalqaro konferensiya qatnashchilari Mo‘ynoqda
Orol, Orol, Oroljon ... dardlaringga shifo izlab kelgandik, lekin sen bizdan juda uzoqlashib ketibsan... Senga yetib borishning imoni bo‘lmadi. Butun dunyodan kelgan mehmonlar sening izlaringni ko‘rib, ortga qaytdilar. To‘lqinlarining bilan odamalar yashaydigan hududlardan 130 kilometr chamasi uzoqlashib ketibsan.

Suvni ko‘rolmay, zanglab qolgan holida ham senga intilib turgan kemalarni ko‘rish bilan cheklandik.

1495786718_muynak_main.jpg

Bu kabi fikrlar “Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar” mavzusidagi xalqaro konferensiya qatnashchilarining har birini ko‘nglidan o‘tgan bo‘lsa, ajab emas.

– Bundan 25 yillar oldin kelganimda, suv oz bo‘lsada bor edi, – deydi Germaniyaning Berlin muzeyi ilmiy xodimi Xeydi Obrxensli. – Unda kam miqdorda bo‘lsa ham baliqlarni ham ko‘rgandik. Endi esa suv uzoq ufqdan ko‘rinmoqda xalos. Uning o‘rnini shu qadar ko‘p tuz qoplabdiki, oxiri ko‘rinmaydi. Bir vaqtlar osmon qadar ko‘m-ko‘k suv bo‘lgan hududlarni qurg‘oqchilik zabt etgani achinarli. Orolga ko‘mak berish uchun, O‘zbekistonda suvdan yanada oqilona foydalanish zarur. Bir vaqtlar unga Turkmanistondan suv keltirib, to‘ldirish taklifi haqida eshitgandim. Bu natija berishiga u qadar ishonmayman. Nima qilib bo‘lsada, Amudaryoning suvini Orolga ko‘p miqdorda qo‘yilishini ta’minlash kerak. Eng yaxshi chora, yordamni yaqindan olish kerak.

hello_html_10a213.png

Sayyora Shoyeva, O‘zA
1 659