Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.05.2018 12:41 Chop etish versiyasi

ONLAYN: “Buyuk kelajak” xalqaro tashkiloti O‘zbekistonning 2035 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli rivojlanish modelini ishlab chiqishda ishtirok etadi

ONLAYN: “Buyuk kelajak” xalqaro tashkiloti O‘zbekistonning 2035 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli rivojlanish modelini ishlab chiqishda ishtirok etadi
Bu boradagi fikr-mulohazalar “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Ekspertlar kengashi faoliyatiga bag‘ishlangan anjuman doirasida bildirildi.

“Buyuk kelajak” xalqaro tashkiloti Ekspertlar kengashi raisi Alisher Kalanovning qayd etishicha, mamlakatimizda uzoq muddatli rivojlanish istiqbollarini ishlab chiqish uchun barcha zarur moddiy va tabiiy resurslar yetarli. 

– Faqat yondashuvni zamon talablariga mutanosib, xalqaro standartlarga mos tarzda olib borish kerak. Bugun dunyoning turli mintaqalarida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz ana shunday tajriba va malakaga ega. Agar mamlakatimizdagi va xorijdagi yurtdoshlarimiz birlashsa, O‘zbekistonning 2035 yilgacha bo‘lgan rivojlanish modelini ishlab chiqish imkoni paydo bo‘ladi. Biz shu maqsad yo‘lida harakat qilamiz, – dedi u.

Ulug‘bek Shonazarov, O‘zA
2 008