O‘zA O`zbek

13.09.2018 15:28 Chop etish versiyasi

ONLAYN. Belarusda taʼlim olgan oʻzbek yoshlari diplomini nostrifikatsiya qilishda qiyinchiliklarga uchramaydimi?

ONLAYN. Belarusda taʼlim olgan oʻzbek yoshlari diplomini nostrifikatsiya qilishda qiyinchiliklarga uchramaydimi?

Milliy matbuot markazida jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifing davom etmoqda.

01.JPGBrifingda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Inobat Ahatova “Avvallari mamlakatimizda xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash masalasida baʼzi muammolar boʻlar edi. Belarus Respublikasida taʼlim olgan oʻzbek yoshlari diplomini nostrifikatsiya qilishda qiyinchiliklarga uchramaydimi?”, degan savol bilan murojaat qildi.

Ushbu savolga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi Bahrom Sotiboldiyev javob berdi:

– Ikki davlat oʻrtasida bugun imzolanadigan shartnomalarda ushbu masalaga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Hozirda xorijiy oliy taʼlim muassasasini bitirganlik toʻgʻrisidagi diplomni nostrifikatsiya qilish tartibi biroz soddalashgan. “TOP-500” reytingidan joy olgan oliy oʻquv yurtlarining diplomi mamlakatimizda hech qanday cheklovlarsiz nostrifikatsiya qilinishi xususida hujjat bor. Oʻylaymanki, Belarus oliy taʼlim muassasalarida oʻqib qaytgan yoshlarimiz davlat va jamoat tashkilotlarida faoliyatini hech bir moneliksiz yoʻlga qoʻyadi.

Milliy matbuot markazida jurnalistlar Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi tafsilotlarini kuzatishda davom etmoqda.

OʻzA
1 395