O‘zA O`zbek

17.08.2019 Chop etish versiyasi

Onlayn-auksionlarning hafta natijalari

Onlayn-auksionlarning hafta natijalari


Joriy yilning 12-16-avgust kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 16 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 205 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 31 ta obyekt sotildi.

Davlat mulki obyektlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan ushbu haftada “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻm qilib belgilangan boʻsh turgan 16 ta davlat mulki obyekti 8 mlrd. 875 mln. soʻm investitsiya kiritish, 140 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 432 mln. soʻmga sotildi.

2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish boʻyicha savdolar “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi. Jumladan, ushbu haftada 67 ta obyekt savdoga chiqarildi 40 ta obyekt realizatsiya qilindi.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquq

Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 205 ta boshlangʻich narxi 1 mlrd. 413,5 mln. soʻmlik yer uchastkalariga boʻlgan huquq 86 mlrd. 859,2 mln. soʻmlik investitsiya kiritish va 1 005 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 3 mlrd. 601,2 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida jami 198 ta boshlangʻich narxi 736,7 mln. soʻmlik yer uchastkasiga boʻlgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 2788 ta boshlangʻich narxi 91 mrld. 824,7 mln. soʻmlik boʻsh yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 31 ta obyekt 8 048,7 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 109 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Daryo oʻzanlari tozalash huquqi

Ushbu hafta davomida onlayn-auksionlarda jami 1 ta daryo oʻzanlarini tozalash loyihasi 392,4 mln. soʻmga sotildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 31 ta boshlangʻich narxi 9 mlrd. 656 mln. soʻmlik daryo oʻzanlarini tozalash loyihalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Metall qazib olish huquqi

Hafta davomida jami 4 ta boshlangʻich narxi 30 mln. soʻmlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi 58,1 mln. soʻmga sotildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 57 ta boshlangʻich narxi 427,5 mln. soʻmlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyilgan obyektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali kuzatib boring!

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK PR xizmati


617
OʻzA