O‘zA O`zbek

17.09.2019 Chop etish versiyasi

Onlayn-auksionda antikvar avtomobillar savdosi boshlanmoqda

Onlayn-auksionda antikvar avtomobillar savdosi boshlanmoqda

Endilikda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolari orqali qimmatbaho va noyob rusumli transport vositalari ham sotilmoqda. 

Jumladan, onlayn-auksionda “M-103” rusumli avtomobilning baholangan narxi 648 million 483 ming 546 so‘mga teng qiymatni tashkil etmoqda. Avtomobilning texnik holati yaroqli, gaz uskunasi yo‘q. Auksionning o‘tkazilish vaqti 24.09.2019 09:00 dan 18:00 gacha bo‘lib, arizalar qabul qilinishi 22.09.2019 13:00 da yakunlanadi. Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tuman MIB.

Shuningdek, onlayn-auksion savdolariga “BMW 511” avtomobili baholangan narxi 527 million 593 ming 963 so‘m bilan qo‘yilmoqda. Avtotransport texnik holati yaroqli, gaz uskunasi yo‘q. Auksionning o‘tkazilish vaqti 24.09.2019 09:00 dan 18:00 gacha bo‘lib, arizalar qabul qilinishi 22.09.2019 13:00 da yakunlanadi. Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tuman MIB.

Eslatib o‘tamiz, yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yilgan ob’ektlar xususidagi eng so‘nggi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali kuzatib borishingiz mumkin.

2 071
O‘zA