Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.09.2017 10:43 Chop etish versiyasi

Onlayn-auksion: (25) E 070 EA avtomobil raqami 7 million 563 ming so‘mdan ortiqqa sotildi

Onlayn-auksion: (25) E 070 EA avtomobil raqami 7 million 563 ming so‘mdan ortiqqa sotildi Kecha – 14-sentabr kuni O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimida avtoraqamni sotish bo‘yicha birinchi bitim tuzildi. Elektron savdolar yakuniga ko‘ra Jizzax viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (25) E 070 EA avtomobil raqami 7 563 637,5 so‘mga sotildi. Lotning boshlang‘ich narxi 7 488 750 so‘mni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom” ga muvofiq savdo g‘olibi 5 kun mobaynida tuzilgan bitim bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq qoplashi va keyingi 10 kun davomida raqamni O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB bo‘linmasida rasmiylashtirishi lozim.


1 735






Все о погоде - Pogoda.uz