O‘zA O`zbek

30.08.2018 14:56 Chop etish versiyasi

ONLAYN. “Afrosiyob” poyezdi Qarshi shahri orqali Shahrisabzga yetib keldi

ONLAYN. “Afrosiyob” poyezdi Qarshi shahri orqali Shahrisabzga yetib keldi

Mutaxassislar tomonidan Qarshi-Kitob yoʻnalishida ilk bor “Afrosiyob” zamonaviy eletropoyezdi harakatlantirildi.

Texnik sinovlar muvaffaqiyatli oʻtkazildi va 30-avgust kuni foydalanishga topshirildi . Qashqadaryo viloyatiga qatnovchi “Afrosiyob” poyezdi Qarshi shahri orqali Shahrisabzga yetib keldi. Mazkur loyihaning hayotga tadbiq etilishi yurtimiz aholisi hamda sayyohlar uchun Mustaqilligimizning 27 yilligi arafasida munosib tuhfa boʻldi.

Qarshi-Kitob temir yoʻl liniyasini modernizatsiya qilish va elektrlashtirish loyihasi toʻliq nihoyasiga yetkazildi. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning tajribali mutaxassislari umumiy uzunligi qariyib 124 kilometrdan iborat boʻlgan mazkur loyihaning qisqa muddatda, sifatli qilib amalga oshirishdi.

Eʼtiborlisi, 94 kilometr masofani tashkil etuvchi “Toshguzar-Kitob” liniyasi toʻliq elektlashtirilib, yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar qatnovi uchun moslashtirildi.

8ea8856f-76f7-4cd1-a1e1-2f88cba38ae0.jpg

721fa6ef-4940-4fab-bac8-3edfcba47795.jpg

72067a7d-65aa-4319-ab64-10e923bb9531.jpg

a78abaf8-d62b-430a-bfe6-7862fb8b1da6.jpg

adbe4324-8d76-4b4e-b89a-85c021734855.jpg

de16e4a9-ac1c-4dcd-832e-cc625d2cf4e4.jpg

f085e7b9-1b0c-4418-b963-da1e36631d26.jpg

Inobat Ahatova, OʻzA
5 279