Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.06.2018 13:54 Chop etish versiyasi

Onlayn: Afg‘oniston qurg‘oqchilikni boshidan o‘tkazmoqda

Onlayn: Afg‘oniston qurg‘oqchilikni boshidan o‘tkazmoqda
Afg‘oniston Islom Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi Bosh direktori Shoh Zamon Mavridining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat bu yil boshqa yillarga solishtirganda kuchli qurg‘oqchilikni boshdan kechirmoqda. Yog‘ingarchilik kam bo‘lgani bois, suv zaxiralari kamayib ketgan.

IMG_9618.JPG

– Toshkentda o‘tayotgan “Atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish borasida hamkorlikni mustahkamlash” mavzuidagi Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumida mazkur muammo va uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lum qildik, – dedi u. – Forum ishtirokchilari ekologiya va atrof-muhit muhofazasi borasida o‘z mamlakatlari tajribalarini o‘rtoqlashmoqda. Shu bilan birga, kun tartibidan jahon va mintaqa bo‘yicha dolzarb ekologik masalalar ham o‘rin olgan. Xususan, forumda suv resurslaridan oqilona foydalanish va qurg‘oqchilik muammolariga e’tibor qaratilmoqda.

Malohat Husanova, O‘zA
1 704