Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.01.2017 12:46 Chop etish versiyasi

Onalar qalbi quvonchga to‘ldi

Onalar qalbi quvonchga to‘ldi Samarqandda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25-yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Askar onalarini sharaflaymiz” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, madaniyat va sport ishlari, mudofaa ishlari boshqarmalari, Samarqand garnizoni qo‘mondonligi hamkorligida “O‘zbekiston – mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g‘ururimiz!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirga boshqa viloyatlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarning onalari taklif etildi.

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Rabbimova, Samarqand garnizoni boshlig‘ining o‘rinbosari T.Xolmatov va boshqalar Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash va milliy armiyamiz salohiyatini oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyoz va qulayliklar, zamon talablariga mos xizmat va yashash sharoitlari yaratilishi fuqarolarimizning harbiy xizmatni o‘tashga bo‘lgan havas va ishtiyoqini oshirmoqda.

– Harbiy xizmatchilarga qaratilayotgan yuksak e’tibor samarasida yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, – deydi payariqlik Nigora Mardiyeva. – Vatan himoyasini ta’minlashni o‘z burchiga, hayotiy shioriga aylantirgan harbiylarimiz bor ekan, bizning tinchligimiz, farovon turmushimizga hech kim raxna sololmaydi. O‘g‘lim muddatli harbiy xizmatni davom ettirishga, mana shunday mas’uliyatli va sharafli kasbni egallashga qaror qilganidan qalbim iftixorga to‘ldi. Bugun askarning, Vatan himoyachisining onasi, deya bizga yuksak ehtirom ko‘rsatildi. Bunday e’tibordan boshimiz ko‘kka yetdi.

Tadbir tashkilotchilari onalarga o‘ziga xos bayram sovg‘asi tashkil etdi. Ya’ni qo‘shni viloyatlardagi harbiy qismlarda xizmat burchini o‘tayotgan bir guruh askarlar kelib, onalari bilan diydorlashdi.

– Bayramga taklif etishganida o‘g‘lim bilan ko‘rishishimni aytishmagandi, – deydi Samarqand tumanida yashovchi Gulshan Qodirova. – Tadbir payti safdoshlari bilan guldasta ko‘targancha paydo bo‘lgan o‘g‘limni ko‘rib, quvonganimdan ko‘zimga yosh keldi. Vatan himoyachilari va ularning ota-onalari sharafiga aytilgan so‘zlarni eshitib, shunday yurt fuqarosi ekanimdan g‘ururlandim.

Tadbirda Samarqand garnizoni ofitserlar uyi orkestri va samarqandlik xonandalar ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA
3 901






Все о погоде - Pogoda.uz