O‘zA O`zbek

24.09.2020 Chop etish versiyasi

Ona yurt fidoyilarining tanlangan asarlari taqdimoti oʻtkazildi

Ona yurt fidoyilarining tanlangan asarlari taqdimoti oʻtkazildi

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Ona yurt fidoyilari” mavzusida Maӽmudxӯja Beӽbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Maӽmud Ӽodiyev Botu, Isӽoqxon tӯra Ibratlarning tanlangan asarlariga bagʻishlangan kitoblar taqdimoti oʻtkazildi.

Tadbirda mamlakatimizda maʼnaviyat, mutolaaga boʻlgan eʼtibor yana-da kuchaygani, bu, ayniqsa yoshlarning barkamol avlod boʻlib kamol topishida muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi. Taqdimoti oʻtkazilgan kitoblar mualliflari oʻz davrining maʼrifatparvari, ziyolisi, zahmatkash oʻqituvchisi boʻlganligi eʼtirof etildi.
9S9A8750.JPG
9S9A8746.JPG

“Abdurauf Abduraӽim ӯgʻli Fitrat hayoti va ijodi haqida”, “Jadidlar ӽarakatining asoschisi Maӽmudxӯja Beӽbudiyning ӽayot yӯli va ijodi”, “Oq tonglarni orzulagan shoir va buyuk maʼnaviyatchi A.Avloniy ӽayoti va ijodi tӯgʻrisida”, “Maӽmud Ӽodiyev Botu ijodi va shoirning ayanchli taqdiri”, “Asardurki, olamgʻa ӯlgʻay nishon” - Isӽoqxon tӯra Ibratning ӽayot yӯli haqida kabi mavzularda adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilarning maʼruzalari tinglandi.

Tadbir ishtirokchilariga tashkilotchilar tomonidan kitoblar taqdim etildi.


6 357
D. Mamatova, OʻzA