O‘zA O`zbek

21.10.2019 Chop etish versiyasi

Ona tili – millat gʻururi

Ona tili – millat gʻururi

Namangan tumanidagi 28-umumtaʼlim maktabida oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ochiq darslar, adabiyot haftaliklari tashkil etilmoqda.

Namangan davlat universitetining oʻzbek filologiyasi fakulteti professor va oʻqituvchilari ishtirokidagi navbatdagi tadbirda ona tilimiz tarixi, uning oʻziga xos xususiyatlari, lugʻat boyligi, milliy adabiyotimiz ravnaqiga hissa qoʻshgan buyuk allomalar haqida atroflicha soʻz yuritildi.

Tadbirda mumtoz shoirlar ijodidan namunalar oʻqildi.

662
Hotam MAMADALIYEV (surat), OʻzA