O‘zA O`zbek

14.11.2019 Chop etish versiyasi

“Oltin kuz” manzaralari rassomlar nigohida

“Oltin kuz” manzaralari rassomlar nigohida

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida “Oltin kuz” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.

Ko‘rgazmada 12 nafar ustoz va yosh rassomlarning kuz faslining o‘ziga xosligi, tabiatning go‘zal manzaralari aks etgan asarlari namoyish etilmoqda. Tadbir ochilishida ta’kidlanganidek, yurtimizning betakror tabiati, zaminimizda yetishtiriladigan tabiat ne’matlarini namoyish etish bilan yoshlarda vatanga muhabbat tuyg‘usi yuksaladi.

Ko‘rgazmadan joy olgan asarlar alohida jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Xususan, boy syujet, muallifning tabiatga o‘ziga xos qarashi, erkin tafakkur ana shu omillar sirasiga kiradi.

Masalan, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar ustozi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq rassomi J.Lepesovning “Suvga borayotgan qizlar”, “Ko‘chada kuz”, “Oktabr oyi”, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar ustozi A.Rajabovning “Ugam daryosi”, “Ohalik qishlog‘i”, “Samarqand. Ohalik qishlog‘i”, M.Jarimbetovning “Choshgoh payti”, “Tug‘ilgan yer”, yosh iqtidorli rassomlardan A.Xudoyberganovning “Qizketgan”, T.Sulaymonovning “Yomg‘ir arafasida”, “Sariq oltin qishlog‘i”, S.Bekbaulievning “Kuz manzarasi”, R.Boymurzoevning “Etyud”, J.Aybatovning “Ko‘k suv qishlog‘i” kabi asarlar san’atsevarlarda katta taassurot qoldirdi.

Ko‘rgazma bir oy davom etadi.


photo5364293739457129455.jpg

photo5364293739457129456.jpg

photo5364293739457129457.jpg

photo5364293739457129458.jpg

858
D.ABIBULLAEV, M.HABIBULLAEV (surat), O‘zA