Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.01.2018 14:04 Chop etish versiyasi

Olmazorlik birinchi guruh nogironiga Prezident sovg‘asi topshirildi

Olmazorlik birinchi guruh nogironiga Prezident sovg‘asi topshirildi Olmazor tumanidagi «Allon» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan birinchi guruh nogironi Mashhura Vahobova holidan xabar olinib, unga Prezidentimiz sovg‘asi hadya etildi.

Olmazor tumanida istiqomat qilayotgan 111 nafar ehtiyojmand, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oila vakillariga kundalik turmushda zarur bo‘lgan maishiy texnika jihozlari – zamonaviy kir yuvish mashinalari, gaz plitalari, changyutgichlar topshirildi.

1 (1).JPG

– Bu kabi tadbirlar bugungacha poytaxtimizning Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Mirobod, Yakkasaroy, Yunusobod tumanlarida ham o‘tkazildi, – dedi Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bo‘lim mudiri Ravshan Mahamadaliyev. – 700 ga yaqin oila maishiy texnika jihozlari bilan ta’minlandi. Shuningdek, Toshkent shahri miqyosida 110 nafar ehtiyojmand fuqaroning uy-joylarini ta’mirlash, 70 ga yaqin bemor insonga sog‘lig‘ini tiklash uchun amaliy yordam ko‘rsatildi.

Mohigul Qosimova, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA
6 473