O‘zA O`zbek

02.08.2018 11:57 Chop etish versiyasi

Olmazor tumani kamxarj to‘y qilish bo‘yicha respublikaga o‘rnak bo‘lishni davom etadi (video)

Olmazor tumani kamxarj to‘y qilish bo‘yicha respublikaga o‘rnak bo‘lishni davom etadi (video)

Barcha yangilanishlar, islohotlar jarayonida old saflarda yurishni maqsad qilgan tuman ahli yana bir namunali to‘y o‘tkazdi.

Davlatimiz rahbarining Toshkent shahri Olmazor tumaniga tashrifidan so‘ng tuman ahli kayfiyatida ham, ish unumdorligida ham ko‘tarinkilik ko‘zga tashlanmoqda.

Tumandagi “A’lo” to‘yxonasida o‘tkazilgan Jamshidbek va Madinaning nikoh to‘yiga 100 nafar mehmon tashrif buyurdi.

Namunali to‘yni tashkil etishda tuman hokimligi mutasaddilari, “Yangi Toshkent” mahalla faollari bosh-qosh bo‘ldilar.

Bo‘lg‘usi yosh oila uchun Olmazor tuman hokimligi va tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan Prezident sovg‘asi – yurtimizda ishlab chiqarilgan mebelllar jamlanmasi tuhfa qilindi.

Tumanda kamxarj, kamchiqim to‘ylar soni yanada ko‘payadi. Birgina avgust oyining o‘zida tuman miqyosida ana shunday namunali to‘ylardan 15 tasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


I.Ahatova, Yo.Melibayev (video), O‘zA
4 379