O‘zA O`zbek

22.02.2019 14:51 Chop etish versiyasi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xorijdagi vatandoshlarimizni ishga taklif qiladi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xorijdagi vatandoshlarimizni ishga taklif qiladi

Yurtimizda ilk marotaba Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan xorijiy mamlakatlarda taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik yoshlar uchun “Career Bridge” loyihasi doirasida videokonferensiya oʻtkazildi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabariga koʻra, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot shaklida tashkil etilgan videokonferensiyada Rossiya, Yaponiya, Turkiya va Latviyadagi yetakchi oliy taʼlim muassasalarining ikki mingdan ortiq oʻzbekistonlik bitiruvchilari ishtirok etdi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi onlayn konferensiyada soʻnggi yillarda sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga oliy taʼlim tizimida mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida taqdimot oʻtkazdi.

Onlayn muloqotda vazirlik xorijdagi vatandoshlarimizni oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda ishtirok etishga va vatanimiz ravnaqiga birgalikda hissa qoʻshishga chaqirdi.

OʻzA
684