O‘zA O`zbek

08.08.2018 10:40 Chop etish versiyasi

Oliy ta’lim muassasalarining sirtqi bo‘limida tanlov yuqori

Oliy ta’lim muassasalarining sirtqi bo‘limida tanlov yuqori

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoni bilan oliy ta’lim muassasalari uchun 2018/2019 o‘quv yilida sirtqi ta’lim shaklida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha jami 14 ming 50 ta qabul kvotalari tasdiqlangan edi.

Respublikadagi 52 ta oliy ta’lim ta’lim muassasalarining sirtqi bo‘limiga 135 ming 280 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Tanlov ko‘rsatkichi respublika bo‘yicha bir o‘ringa o‘rtacha 10 tani tashkil etdi.

Quyidagi oliy ta’lim muassasalariga eng ko‘p hujjat topshirilgan:

Andijon davlat universiteti – 8181 nafar;

Samarqand davlat universiteti – 7776 nafar;

Qarshi davlat universiteti – 7725 nafar.

Eng katta tanlov quyidagi oliy ta’lim muassasalarida qayd etildi:

Toshkent davlat pedagogika universiteti – bir o‘ringa 24,1;

Andijon, Qarshi, Farg‘ona davlat universitetlari, Qo‘qon davlat pedagogika instituti – bir o‘ringa 17;

Jizzax davlat pedagogika institutida – bir o‘ringa 16 tani tashkil etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining matbuot xizmati berayotgan ushbu ma’lumotlar oliy ma’lumot olishni istovchi yoshlar safi juda kengligini ko‘rsatmoqda.

O‘zA
4 031