O‘zA O`zbek

15.02.2018 10:09 Chop etish versiyasi

Oliy ta’lim muassasalarida “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishida 3 yillik bakalavrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi

Oliy ta’lim muassasalarida “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishida 3 yillik bakalavrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan qariyb 60 ming tarbiyachining atigi 21 foizi oliy ma’lumotli, 79 foizi esa o‘rta maxsus ma’lumotga ega.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 fevral kuni maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytildi.

Qayd etilganidek, o‘rganishlar kelgusi 3 yilda maktabgacha ta’lim tizimida 47 ming 300 dan ziyod oliy ma’lumotli pedagog kadrlar, jumladan, 28 ming 300 nafar tarbiyachi, defektolog, psixolog, musiqa rahbariga ehtiyoj paydo bo‘lishini ko‘rsatgan. Shu bois, 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalarida “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishida kunduzgi shaklda 3 yillik bakalavrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi. Bunda ilg‘or xorijiy tajriba, jumladan, Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlari tajribasi asosida yangi o‘quv rejasi va dasturlari ishlab chiqiladi.

O‘zA
17 323