Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.10.2017 18:21 Chop etish versiyasi

Oliy ta’lim muassasalarida "Harakatlar strategiyasi" xonalari tashkil etilmoqda

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi tomonidan mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida "2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" xonalari tashkil etish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida yoshlarning ijtimoiy faolligini yuksaltirish maqsadida hayotga tatbiq etilmoqda.

Toshkentdagi Inha universiteti rektori S.Boboxo‘jayevning aytishicha, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi hayotimizning barcha jabhalari, jumladan, ta’lim tizimi va yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, shuningdek, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida yoshlarning o‘rnini mustahkamlash masalalarini qamrab olgan O‘zbekistonni yanada isloh etishning kompleks dasturi hisoblanadi.

Universitetda tashkil etilgan "Harakatlar strategiyasi" xonasi mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar, shuningdek, ularga asos bo‘lgan me’yoriy-huquqiy baza xaqidagi materiallar va axborotlar bilan ta’minlangan. Bu yerda, shuningdek, "Harakatlar strategiyasi" ko‘ngilli guruhlariga talabalarni jalb etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib boriladi. Ishtirokchilar Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyatini tushuntirish va targ‘ib qilishga bag‘ishlangan tadbirlarning yoritilishi, so‘rovlar o‘tkazish orqali jamoatchilik fikrini o‘rganish, seminar va treninglar tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Bu, o‘z navbatida, tashabbuskor va ijodiy salohiyati yuksak yoshlarni aniqlash imkonini beradi.

Roman Bondarchuk, O‘zA
2 335






Все о погоде - Pogoda.uz