Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.10.2017 16:29 Chop etish versiyasi

Oliy Majlis Senati yalpi majlisi oldidan qo‘mitalar majlislari bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida 2017-yil 4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Majlis kun tartibiga 8 masala kiritilgan.

2017-yil 3-oktabr kuni yalpi majlis oldidan Senat qo‘mitalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Ularda yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar ko‘rib chiqildi.

Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnomani (Bishkek, 2017-yil 5-sentabr) ratifikatsiya qilish haqidagi”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni yuzasidan qo‘mita xulosasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston Respublikasiga sentabr oyida amalga oshirgan davlat tashrifi ikki davlat munosabatlarida yangi istiqbollar ochgan tarixiy voqea bo‘lgani ta’kidlandi. Bugungi kunda O‘zbekiston – Qirg‘iziston hamkorligi barcha sohalarda yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Prezidentimiz tashrifi davomida imzolangan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnoma ana shu hamkorlikning yorqin namunasidir. Senatning navbatdagi yalpi majlisida bu tarixiy hujjatning ratifikatsiya qilinishi o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularning o‘zaro aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shu kuni Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi. Unda yalpi majlis muhokamasiga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni yuzasidan fikr almashildi. Mazkur qonun xususiy mulk kafolatlarini ta’minlash hamda uning himoyasini kuchaytirish, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi va Davlat veterinariya qo‘mitasi tashkil etilganligi, shuningdek, boshqa ahamiyatli masalalarning kiritilishi munosabati bilan ishlab chiqilgan.

Shuningdek, Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari, Mudofaa va xavfsizlik masalalari hamda Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

Norgul Abduraimova, O‘zA
1 632






Все о погоде - Pogoda.uz