O‘zA O`zbek

22.08.2019 Chop etish versiyasi

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi eʼlon qiladi

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi eʼlon qiladi

“OAVlarda millatlararo bagʻrikenglik va doʻstlikni, tinchlik va barqarorlikni keng targʻib etish” mavzusida Davlat grantlari ajratish uchun tanlov:

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha buyurtmanomalari qabul qilinadi:
- ajdodlar tomonidan toʻplangan tarixiy, madaniy meroslarni asrab-avaylash, uning oʻsib kelayotgan avlod tarbiyasida zarurligi borasidagi jamoatchilik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash;

- milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishga, etnik madaniy anʼanalarni asrab-avaylashga, xalq ijodiyotini qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashish;

- Oʻzbekistonda yashab kelayotgan turli millat va elatlarning azaliy milliy anʼanalari, urf-odatlari, udumlarini saqlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish;

- madaniy merosni saqlash, aholi oʻrtasida madaniy merosga boʻlgan munosabatni yanada yuksaltirish, ularni kelajak avlodga bekamu koʻst yetkazish va madaniy merosga boʻlgan munosabatni shakllantirish borasida targʻibot ishlarini kuchaytirish;

- mamlakat madaniy-tarixiy merosini ommalashtirishga, tarixiy sayyohlik qadamjolarni tanitishga, ularning faoliyatini targʻib etishga qaratilgan OAV loyihalarini qoʻllab-quvvatlash;

- milliy madaniy markazlar tomonidan mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi turli xildagi toʻplamlar, ijodiy ishlarni chop etishga, xalq ommasiga yetkazishda har tomonlama koʻmaklashish;

- Oʻzbekistonning tinchlik va barqarorlikni, fuqarolar totuvligini taʼminlash sohasidagi yutuqlari, mamlakatdagi bagʻrikenglik tamoyillari, tarixiy va madaniy meros, aholining urf-odatlari, qadriyatlari toʻgʻrisida axborot, tahliliy materiallar va yangiliklarni milliy va xorijiy OAVda keng yoritish;

- jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi turli millat va elatlar vakillarining oʻziga xos milliy anʼanalari, urf-odatlari va marosimlarini saqlash hamda rivojlantirish boʻyicha mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida xalqaro jamoatchilikni xabardor qilish;

- millatlararo doʻstlik va hamjihatlik, birdamlikni yanada mustahkamlash, konfessiyalararo totuvlikni taʼminlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish;

- milliy hunarmandchilik sohasida ustoz-murabbiylik anʼanalarini yanada rivojlantirish, keksa avlodning bilimi, tajribasi va mehnat salohiyatidan foydalanish, ularni hayotga tatbiq etishga koʻmaklashish;

- turizmning tarixiy-ilmiy, ekologik, faol, gastronomik va boshqa turlarini xorijiy auditoriya oʻrtasida ommalashtirish orqali Oʻzbekistonning sayyohlik hamda madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish;

- turizmni rivojlantirishda muhim oʻrin tutadigan yangi madaniy sayyohlik yoʻnalishlarini tashkil etishga, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, yangi ish oʻrinlarini tashkil qilishga, innovatsion texnologiyalarni jalb etishga koʻmaklashish.

Davlat granti tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.

2. www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.

3. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Ustav (Nizomi) hamda guvohnomaning muhr bilan tasdiqlangan nusxasi.

4. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

5. Manfaatdor davlat va yirik jamoat tashkilotlari bilan tuzilgan ijtimoiy sheriklik qoʻshma rejalari ilova qilinishi mumkin.

Bitta loyiha uchun davlat granti miqdori – 30 million soʻmgacha.

Hujjatlar 2019-yil 23-avgustdan 25-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar “Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi” nomiga: 100163, Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uy manziliga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 formatda) yuborilishi shart.

Hujjatlar namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.

1 029
OʻzA