O‘zA O`zbek

15.08.2018 20:05 Chop etish versiyasi

Olis hududlarda bayram shukuhi

Sirdaryo viloyati tuman va shaharlarida ham Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda.

Boyovut tumanidagi “Ziyokor” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan shunday tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, targ‘ibot guruhi vakillari, ijodkorlar, nuroniylar, mahalla faollari, yoshlar ishtirok etdi.

– Hududlarda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ilgari hech kuzatilmagan, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari G‘.Yusupov. – Bu nafaqat o‘sha joylarning yanada obod va ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qilmoqda, ayni paytda odamlarning ertangi kunga ishonchini mustahkamlab, hayotga munosabatini o‘zgartirmoqda. Bugungidek tadbirlar belgilangan reja asosidaviloyatning barcha tuman va shaharlarida o‘tkazilmoqda.

Vatan, tinchlik va do‘stlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
2 389