O‘zA O`zbek

21.10.2019 Chop etish versiyasi

“Olimp” sport klubi gʻalaba qozondi

“Olimp” sport klubi gʻalaba qozondi

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi “Rohat” kartodromida avtosportning karting turi boʻyicha Toshkent shahar ochiq kubogi boʻlib oʻtdi.

Musobaqada sportning texnik turlari bilan shugʻullanuvchi sportchilar, voyaga yetmagan oʻsmirlar, chaqiriq yoshiga yetmagan bolalar ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, “Olimp” sport klubi kartingchilari gʻalaba qozondi. Keyingi oʻrinlarni Yashnobod hamda angrenlik sportchilar zabt etdi.

550
Muhammad AMIN (surat), OʻzA