Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.09.2017 17:09 Chop etish versiyasi

Oilaviy poliklinika aholiga zamonaviy mezonlar asosida tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda

Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘idagi 64-qishloq oilaviy poliklinikasi aholiga zamonaviy mezonlar asosida tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

Qamrovida Orol, Qiziltog‘, Shohimardon, Hamza, Shodlik mahallalarining 6 ming 130 dan ziyod aholisi bo‘lgan muassasada kunduzgi shifoxona, fizioterapiya, stomatologiya kabi tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.

2.JPG

6.JPG

7.JPG

Terapevt, jarroh, pediatr, akusher-ginekolog, stomatolog kabi mutaxassislar aholi salomatligi uchun mas’ul. Zamonaviy tibbiyot anjomlari, dori-darmonga ega tez tibbiy yordam brigadasi, dastlabki muolajani o‘tkazish uchun maxsus avtomobil tunu kun xizmatga shay.

Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
1 127






Все о погоде - Pogoda.uz