O‘zA O`zbek

15.05.2019 20:51 Chop etish versiyasi

“Oilaga huquqiy yordam” aksiyasi nihoyasiga yetdi

“Oilaga huquqiy yordam” aksiyasi nihoyasiga yetdi

Adliya vazirligi tomonidan Xalqaro oilalar kuni munosabati bilan eʼlon qilingan “Oilaga huquqiy yordam” aksiyasi nihoyasiga yetdi.

Aksiya doirasida fuqarolardan 300 ga yaqin savollar kelib tushdi. Reglament doirasida kelib tushgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar yoʻllandi.

Shuningdek, Adliya vaziri oʻrinbosari Akbar Tashkulov “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey” sahifasi orqali onlayn-muloqotga chiqib, foydalanuvchilarning umumlashtirilgan va tasniflangan savollariga javob berdi.

Onlayn-muloqotni quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin: https://bit.ly/2HkZSXq

Reglamentga muvofiq, aksiya soat 18:00 da nihoyasiga yetdi. Ammo fuqarolardan hamon savollar kelishda davom etmoqda. 

Reglamentdan tashqari savollar boʻyicha http://advice.uz huquqiy axborot portali orqali onlayn maslahatchi xizmatidan foydalangan holda real vaqt rejimida javob olishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz.

OʻzA
599