O‘zA O`zbek

15.08.2018 13:03 Chop etish versiyasi

Oila farovonligi – yurt farovonligi

Oila farovonligi – yurt farovonligi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi 13-23-avgust kunlari hududlarda o‘quv-seminarlari o‘tkazmoqda.

Prezidentning 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida mahalla institutining davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini yanada rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratilib, keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Fuqarolar yig‘inlari mamlakatimizda kechayotgan keng qamrovli islohotlarning ahamiyatini aholiga yetkazish, davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, kam ta’minlangan aholi qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish kabi vazifalarni samarali bajarib kelmoqda.

Tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda tashkil etilayotgan o‘quv-seminarlar davomida bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash masalalari xususida atroflicha ma’lumot berilmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida tuzilgan “Maslahat markazlari”ning faoliyatini samarali tashkil etishda fuqarolar yig‘inlariga uslubiy va amaliy ko‘maklashish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar va kredit turlari, ulardan foydalanish yo‘llari muhokama etilmoqda.

N.Usmonova, O‘zA
1 870