O‘zA O`zbek

22.10.2019 Chop etish versiyasi

Ohangaronda yana bir sement zavodi quriladi

Ohangaronda yana bir sement zavodi quriladi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida xitoylik tadbirkorlar tomonidan sement ishlab chiqarish korxonasi barpo etiladi.

Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qilmoqda. Qayd etilishicha, bugun – 22-oktyabr kuni Xitoyning “TOSHKENT CONCH CEMENT” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi bilan Ohangaron tumani hokimligi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Loyiha qiymati 200 million dollarni tashkil etuvchi mazkur korxona tomonidan yiliga 2,2 million tonna sement ishlab chiqarish kutilmoqda. Tumanning “Qiziloy” fuqarolar yigʻini hududida barpo etilishi rejalashtirilayotgan mazkur korxona toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya mablagʻlari evaziga amalga oshiriladi. Loyihaning yana bir eʼtiborli jihati, korxona ishga tushishi natijasida 350 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

653
Avazbek XUDOYQULOV, OʻzA