Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.08.2017 19:19 Chop etish versiyasi

Ogohlik – yong‘in xavfsizligini ta’minlashning asosiy omili

Toshkent shahridagi “Poytaxt” savdo markazida ushbu shior ostida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir aholi gavjum joylarda yong‘in sodir bo‘lganda, yong‘in xavfsizligi qoidalari va to‘g‘ri harakatlanishga bag‘ishlandi.

Tadbirda o‘t o‘chiruvchilar markaz xodimlari va bu yerga kelgan xaridorlarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, ayniqsa, aholi gavjum joylarda majburiy rioya etilishi lozim bo‘lgan qoidalar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Yong‘in holatlari aniqlanganda odamlarni tez va xavfsiz evakuatsiya qilish tartibini tushuntirdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 23-maydagi “Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yong‘inlar profilaktikasi kunlari doirasida muhim ijtimoiy obyektlar, ta’lim, tibbiyot muassasalari, madaniy-ko‘ngilochar maskanlar, sanoat korxonalari, mahalla fuqarolar yig‘inlarida turli uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari, taktik-o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirlarda yong‘in sodir bo‘lishiga olib keladigan sabablar, xususan, yoz mavsumida o‘t-o‘lan va chiqindilarni yoqish, olovdan noto‘g‘ri foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda.

O‘quv-seminar yakunida mutaxassislar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Roman Bondarchuk, O‘zA
2 380






Все о погоде - Pogoda.uz