O‘zA O`zbek

31.08.2018 15:04 Chop etish versiyasi

Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi

Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi
Andijonda “Odam savdosiga qarshi kurashishda birlashamiz!” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi, Andijon shahar xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar boʻlimi hamkorligida oʻtkazilgan seminar-treningda odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha mutasaddi tashkilotlarning masʼul vakillari, huquqshunoslar, mazkur yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari, mahalla faollari ishtirok etdi.

Seminar ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonuni hamda mazkur yoʻnalishdagi boshqa hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi, viloyatda bu borada olib borilayotgan ishlar, yutuq va muammolar xususida atroflicha fikr almashdilar.

Yakunda nodavlat notijorat tashkilotlari, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi, Andijon shahar xotin-qizlar qoʻmitasi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar boʻlimi oʻrtasida odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolanib, amalga oshiriladigan muhim vazifalar belgilab olindi.

F.Ubaydullayev, Z.Umurzoqov (surat), OʻzA
1 190