O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

10.09.2018 12:30 Chop etish versiyasi

“Ochiq eshiklar kuni”da harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyish etildi

“Ochiq eshiklar kuni”da harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyish etildi

Andijon harbiy prokuraturasining tashabbusi bilan Andijon shahrida joylashgan harbiy qismlardan birida “Armiya va yoshlar” shior ostida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi. Tadbirga hududdagi taʼlim-tarbiya muassasalari oʻquvchilari jalb etildi.

photo5238010847572372072.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida haftaning har juma kuni “Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” etib belgilandi.

photo5238010847572372073.jpg

Shu sababli tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”da harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyish etilib, koʻrgazmali mashgʻulotlar, harbiy xizmatga qiziqtirish boʻyicha maʼruzalar tashkil etildi. Maqsad – navqiron avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, el-yurtga sodiqlik, fuqarolik burchini, konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarishga tayyorgarlik tuygʻusini shakllantirishdan iborat.

photo5238010847572372074.jpg

Tadbirda Andijon harbiy prokurorining yordamchisi A.Qurbonov, Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi S. Nishonboyev, shahar prokurori X.Qobulov, Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi O.Tursunov hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi vakillari ishtirok etdi.

Alisher Qurbonov, 
Andijon harbiy prokurorining yordamchisi, adliya mayori

OʻzA