Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

23.05.2018 19:20 Chop etish versiyasi

Ochiq eshiklar kuni

Ochiq eshiklar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 7 ming 534 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularga 615 nafar professor-o‘qituvchi saboq beradi. O‘quv xonalari kerakli multimedia vositalari bilan ta’minlangan.

Universitetda talabalarga bilim berish sifatini yanada oshirish maqsadida nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Talabalar hamda kadrlar almashinuvi yetuk mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu ta’lim muassasasida Toshkent viloyati umumta’lim maktablari hamda akademik litsey o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil qilindi. Dastlab ular universitetning asosiy binosiga taklif etildi. O‘quvchilar mavjud fakultet, yo‘nalishlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldi, dars jarayonlarida ishtirok etdi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
3 073