Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.08.2017 17:30 Chop etish versiyasi

Ochilmagan yetti o‘g‘rilik fosh etildi

Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilgan brifingda profilaktika xodimlari tomonidan joylarda jinoyatchilikning oldini olish, xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, sud va tergov jarayonlariga aloqador holatlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

Joriy yil 3-avgustdan 10-avgustga qadar viloyat hududida sodir etilgan 141 jinoyatning 121 tasi tezkor-tergov harakatlari tufayli fosh etildi. Fosh etilmagan jinoyatlar bo‘yicha aybdorlarni qidirib topish hamda ularni qonun doirasida javobgarlikka tortish borasida barcha choralar ko‘rilmoqda.

– Hafta davomida qidiruvda yurgan 30 nafar shaxs ushlanib, 7 o‘g‘rilik jinoyati fosh etildi, – deydi viloyat IIB tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik J.Mamasoliyev. – Tadbir davomida shubha uyg‘otgan yoki huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Qonuniy tartibda faoliyat yuritishning asoslari tushuntirildi. Yo‘l-patrul xizmati blok-postlarida, chegara maskanlarida avtoulov va jamoat transportlari tekshiruvdan o‘tkazildi. Joylarda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari va uchrashuvlarga 115 mingdan ortiq aholi qamrab olindi.

Prezidentimizning 2017-yil 20-apreldagi “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida profilaktika inspektorlariga munosib turmush sharoiti yaratish va xizmat uylari ajratish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda profilaktika inspektorlariga 176 uy-joy berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgacha 19 uy qurib bitkazildi.

Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari binosida profilaktika inspektorlari uchun 612 tayanch punkti tashkil etildi.

Hafta davomida viloyatda 5 ming 400 dan ortiq yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari aniqlandi. “Harakat xavfsizligi” tadbirlari doimiy o‘tkazilib, davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va boshqa ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari hamda jamoatchilik tashkilotlari ishtirokida korxona-tashkilotlar, mahallalar va aholi gavjum joylarda tushuntirish ishlari, suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
2 187






Все о погоде - Pogoda.uz