O‘zA O`zbek

18.08.2018 16:08 Chop etish versiyasi

Obodlik ko‘ngillardan ko‘ngillarga ko‘chmoqda

Obodlik ko‘ngillardan ko‘ngillarga ko‘chmoqda
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yillik bayrami oldidan obodonlashtirish va tozalik oyligi doirasida o‘tkazilayotganumumxalq xayriya hashari Andijon viloyatida ham uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Hasharda viloyat aholisi faol ishtirok etib, o‘zlari yashayotgan, mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan hududlarni, ariqlar, ko‘chalar, hiyobonlarni, qabristonlarni tozalash, umuman, katta hajmdagi obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda.

Hashar viloyatning har bir go‘shasini ozoda va orastaligini, pokiza va obodligini ta’minlash, xalqimizning keksalar, yetim-yesirlar va nogironlarga mehr-muruvvat ko‘rsatishdek azaliy qadriyatlari davomiyligining yorqinnamunasi bo‘ldi.

Obodonlashtirish ishlarida 1 million 650 mingdan ziyodkishi qatnashmoqda. Ularning 1,7 millioni yoshlardir.

-Mustaqillik bayrami oldidan mahallalar, shahar va qishloqlarda keng ko‘lamdagi obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari viloyatimizda uyushqoqlik bilan o‘tmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Andijon viloyati bo‘limi raisi Ulug‘bek Abdullayev. – Ikki kun davomida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi, ziyoratgoh va qabristonlar tozalanadi, viloyatdagi ehtiyojmand oilalarning uy-joylari ta’mirlab beriladi. Shuningdek, nogiron, yolg‘iz yashovchi keksalarlarga moddiy yordam ko‘rsatiladi.

O‘tayotgan hasharda, umuman, yurtimizning har bir go‘shasi, har bir ko‘cha va mahallasini, qo‘yingki, har bir xonadonni obod qilishdek ezgu harakatda viloyat aholisi faol ishtirok etmoqda.

– Hashar xalqimizning qadim va o‘ziga xos qadriyatlaridan biridir, - deydi Shahrixon tumanidagi O‘rta Shahrixon qishlog‘ida yashovchi mehnat faxriysi Haydarali Mamitaliyev. – Shu bois ham ushbu tadbirda kattayu kichik birdek faol ishtirok etmoqda. Hasharda bayram tantanalariga munosib hozirlik ko‘rish, yurtdoshlarimiz o‘rtasidagi hamjihatlik, mehr-muruvvatga muhtoj kishilarga ko‘mak berish, yurtni obod qilishdek ezgu sa’yi-harakatlar o‘z ifodasini topmoqda.

“Mahalla” hayriya jamoat fondi viloyat bo‘limidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tkazilayotgan hasharda 456 ming kishi ishtirok etdi, 1093 gektardan ziyod yer maydoni obodonlashtirildi, 796kilometrga yaqin ariqlar tozalandi, 1 ming 358 tonna chiqindilar chiqarib tashlandi, bu ishlarni bajarish uchun 397 ta turli texnika vositalari jalb etildi. Bundan tashqari, 459 ziyoratgoh va qabriston tozalanadi. Viloyat bo‘yicha 468 oilaning 21 ming 623 kvadrat metr hajmdagi uy-joylari hashar yo‘li bilan ta’mirlab beriladi, 817 ta ehtiyojmand oilaga, 358 nafar nogiron va yolg‘iz keksalarga 108 million 560 ming so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi.

Xayriya hashari uyushqoqlik va aholining faol ishtirokida davom etmoqda.

Hashar yurtdoshlarimizni Vatan ravnaqi uchun fidoyi bo‘lishga, uni yanada obod etish ishtiyoqi bilan yashashga, shu bilan birga, xalqimiz ruhiyatini ko‘tarishga, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, yurtimizdagi tinchlik uchun shukronalik tuyg‘ularini mustahkamlashga va Istiqlol bayramini munosib kutib olishgaxizmat qiladi.

FaxriddinUbaydullayev, O‘zA
1 990