Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.06.2018 18:56 Chop etish versiyasi

“Obod harbiy shaharcha”

“Obod harbiy shaharcha”
Mudofaa vazirligi tomonidan Ramazon hayiti arafasida “Obod harbiy shaharcha” aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiyada 10 mingdan ziyod harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari faol ishtirok etdi.

Markaziy harbiy okrugi qo‘mondonligi tomonidan aksiya doirasida harbiy qism va muassasalarda “Eng yaxshi, ko‘rkam va ozoda hudud” tanlovi e’lon qilindi. Harbiy shaharchalar, maishiy xizmat ko‘rsatish joylari, oshxona va yuvinish xonalari, harbiy qismlarning tashqari hududlari tartibga keltirilib, ariqlar tozalandi.

Tanlovda Samarqand shahrida joylashgan harbiy qism “Eng yaxshi, ko‘rkam va ozoda hudud” deb e’tirof etildi.

Shuningdek, harbiy okruglar, shaharchalar, ularga tutash mahallalar obodonlashtirildi. Ariqlar va oqava suv tizimlari tozalandi, bolalar maydonchalari tartibga keltirildi. Hududlarda yordamga muhtoj keksalar, pensioner va nogironlarning uy-joylari tozalanib, ularga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA
1 328