O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

05.09.2018 12:52 Chop etish versiyasi

OAV: “Yoʻqolib qolgan” Kim Chen In nihoyat topildi

OAV: “Yoʻqolib qolgan” Kim Chen In nihoyat topildi

Shimoliy Koreya yetakchisi “topildi”. 15 kun davomida jamoatchilikka koʻrinish bermagan Kim Chen In KXDRning yadroviy ishlanmalariga bosh-qosh boʻlgan 89 yoshli olim Chu Gyu Chxanning dafn marosimda qatnashdi, deb yozadi “vesti.ru

Qayd etilishicha, Kim Chen In ishtirokida soʻnggi manzilga kuzatilgan olim butun umrini yadro sohasiga bagʻishlagan boʻlib, oʻtgan yillarda KXDR Mehnat partiyasining mashinasozlik sanoati qoʻmitasini boshqargan. 2009-yilda “Somon yoʻli-2” raketasi sinovida Shimoliy Koreyaning oldingi yetakchisi Kim Chen Ir bilan birga ishtirok etgan. 2013-yilda AQSH tomoni olimni ommaviy qirgʻin qurollari va ballistik raketalarni yaratishda ayblab, unga shaxsiy cheklovlarni joriy qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 21-avgustidan buyon OAV orqali jamoatchilikka koʻrinish bermagan Kim Chen In bugun Janubiy Koreya prezidenti vakili bilan uchrashuv oʻtkazishi kutilmoqda.

Malohat Husanova, OʻzA