O‘zA O`zbek

28.05.2019 Chop etish versiyasi

OAV sohasini takomillashtirish masallari muhokamada

OAV sohasini takomillashtirish masallari muhokamada

Ayni vaqtda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari“ mavzusida respublika konferensiyasi boshlandi.

DSC_6410 (1)-1848x1228.JPG

Unda tegishli tashkilotlar vakillari, deputatlar, Agentlik rahbariyati ishtirok etmoqda.

Konferensiyani Agentlik rahbari Komiljon Allamjonov o‘z nutqi bilan boshlab berdi.

DSC_6413-1848x1228.JPG

K.Allamjonov o‘z nutqida o‘tgan davr mobaynida xalqaro reytinglarda so‘z erkinligi va OAV faoliyati bo‘yicha nufuzini yaxshilash, Media-ombudsman lavozimini joriy etish, turli xorijiy veb-resurslardan foydalanish imkoniyati yaratilganligiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

1 087
Inobat Ahatova, Muhammad Amin (surat), O‘zA