O‘zA O`zbek

26.03.2020 Chop etish versiyasi

Oʻzsanoatqurilishbankdan tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik

Oʻzsanoatqurilishbankdan tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik

Oʻzsanoatqurilishbank yurtimiz aholisi hamda bank mijozlariga masofadan koʻrsatilgan xizmatlar soni va sifatini oshirish barobarida ularning choʻntakbopligini taʼminlash ustida tinimsiz ishlamoqda. Bu borada tadbirkorlik subyektlariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Endilikda koʻplab tadbirkorlarimizning beminnat yordamchisiga aylanib ulgurgan – Oʻzsanoatqurilishbank onlayn banking xizmatidan barcha yangi ulanuvchi yuridik shaxslar dastlabki 6 oy davomida mutlaqo bepul foydalanishlari mumkin boʻldi.

Yuridik shaxslar uchun “Bank-mijoz” hamda “Mobil bank” nomli qulay tizimlar orqali barcha zarur operatsiyalarni oson va tez amalga oshirish mumkin. Xususan:

- hamkorlarning istalgan bankdagi boshqa hisob raqamlariga toʻlovlarni amalga oshirish;

- Oʻzsanoatqurilishbank tizimida 24/7 rejimida toʻlov hujjatlarini yuborish;

- xodimlar maoshini ularning kartasiga oʻtkazish;

- hisobdagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumot olish;

- kreditlarni soʻndirish, kommunal toʻlovlarni toʻlash va yana boshqa koʻplab qulayliklarga ega.

Shu oʻrinda Oʻzsanoatqurilishbank mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanchiga aylangan biznes subyektlarini har qanday vaziyatda qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini eslatib oʻtamiz.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:

0 (800) 120-77-77 Oʻzbekiston boʻylab qoʻngʻiroq bepul

+998 71 200-43-43 Dunyoning istalgan joyidan qoʻngʻiroq uchun

+998 94 210-43-43 Telegram, WhatsApp, Viber, Imo, Skype, WeChat orqali xabarlar uchun

Bank Axborot xizmati


666
OʻzA