O‘zA O`zbek

22.05.2019 17:10 Chop etish versiyasi

O‘zMTDP yetakchisi almashdi – Sarvar Otamuratov lavozimni tark etdi

O‘zMTDP yetakchisi almashdi – Sarvar Otamuratov lavozimni tark etdi

Bugun O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan XV Plenumida tashkiliy masala ko‘rildi. 

O‘zMTDP Markaziy kengashi Axborot xizmati ma’lum qilishicha, Plenumda tashkiliy masala ko‘rildi. Bugungi kungacha O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Sarvar Sadullaevich Otamuratov «O‘zagrosug‘urta» aksionerlik jamiyati rahbari etib tayinlanganligi bois, o‘z hohishiga muvofiq partiya yetakchiligidan ozod etildi. Uning o‘rniga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zosi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Alisher Keldievich Qodirov O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi etib saylandi.

photo5415991156992486151.jpg

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining chora-tadbirlar dasturi loyihasi muhokama qilindi. 

O‘zA
407